35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi

 Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi


Oltiariq tumanidagi “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida homiylar ko‘magida barpo etilgan zamonaviy sport majmuasi
foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ayubxon Rahmatullayev, tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev, mahalla ahli, keng jamoatchilik va yoshlar ishtirok etdi. Dastlab, mehmonlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida majmua hududiga daraxt ko‘chatlari ekishdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. 

   

Slide 1 of 9