16-BAND IJROSI: AVTOBUS BEKATLARIDAGI SHAROITLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Tuychiyeva tomonidan Juma shahridagi avtobus bekatida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida avtobus bekatining umumiy holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bekatning obodonlashtirilishi hamda sanitariya va tartib holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.
Qulay va xavfsiz jamoat transporti — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining muhim ko‘rsatkichidir.