35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJA BERDI: UZUN TUMANIDAGI KO‘CHALARGA ASFALT YOTQIZILDI

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJA BERDI: UZUN TUMANIDAGI KO‘CHALARGA ASFALT YOTQIZILDI

Aholi murojaatlari va saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechimini topmoqda.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Rajabov Uktam Normurotovich tomonidan Uzun tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Hazratovga yuborilgan deputat so‘rovi o‘zining ijobiy natijasini berdi.

Deputat so‘rovida Uzun tumanidagi "Guliston" mahallasi Bo‘ston qishlog‘i hududida joylashgan, modernizatsiya qilinayotgan "Uzun Agro Star" MChJ obyektiga tutash bo‘lgan quyidagi ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi ilgari surilgan edi:

* "Mehrli yurt" ko‘chasi
* "Mahorat yo‘li" ko‘chasi
* "Bahoriston" ko‘chasi

Ushbu so‘rov va fuqarolarning haqli e’tiroz hamda takliflari asosida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mazkur ichki yo‘llar to‘liq o‘rganilib, asfalt yotqizish ishlari amalda bajarildi.

Endilikda ushbu hududda yashovchi aholi hamda yirik investitsion loyiha doirasida tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun zamonaviy hamda qulay yo‘l infratuzilmasi yaratildi