Yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinika aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, yangi tibbiy jihozlar, sport anjomlari hamda bolalar xonasi bilan tanishildi.
Yangi va zamonaviy sharoitlar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.