Yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinika aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida yaratilgan shart-sharoitlar, laboratoriya xonalari, elektron ro‘yxat yuritish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati o‘rganildi.