35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YUKSAK E’TIROF — YUKSAK EHTIROM!

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tadbir davomida markaz jamoasining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish va yoshlarni kitobga oshno etish yo‘lidagi samarali mehnati e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan:

G.A. Ismailova
I.I. Muxtarov
U. Kadirova

munosib taqdirlandilar.

Taqdirlanganlarni yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Slide 1 of 1