KATTA DEHQONOBOD MAHALLASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MANZILLI O‘RGANISH
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov
tomonidan ўзи сайланган Катта Деҳқонобод mahalla
fuqarolar yig‘inida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush
sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan
manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud holat, aholini qiynayotgan
masalalar hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga alohida e’tibor
qaratildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari
tinglandi.
Shuningdek, mahallaning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l va
ichki infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda
tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari ham tahlil qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, ularning
ijrosini ta’minlash va mahalla aholisi uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha
mas’ullarga tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.