Maktab sport zallari va jihozlari ko‘zdan kechirildi
Xuddi shu mutasaddilar tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabidagi sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida sport zallarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, zallarning foydalanish uchun tayyor holatga keltirilgani aniqlandi. Shuningdek, mavjud sport jihozlari ham ko‘zdan kechirilib, ularning yetarli miqdorda ekani hamda yaxshi va foydalanishga yaroqli holatda saqlanayotgani qayd etildi.
Bu esa o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi.
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati deputatlik nazoratida.