35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi



Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tuman aholisining turli sohalarga oid murojaatlari va takliflari birma-bir tinglandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi masalalar ko‘tarildi:

Ijtimoiy yordam va bandlik: Ish bilan ta’minlash hamda moddiy yordam ajratish;
Infratuzilma va obodonlashtirish: Ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash;
Tibbiyot va ta’lim: Sog‘liqni saqlash xizmati va ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq masalalar.
Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli soha mutasaddilariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Slide 1 of 5