35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Saylov okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Deputat "Maydon bozor" MFY hududida faoliyat yuritayotgan "Gulg‘uncha" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish va bolalar uchun qulay hamda xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3