35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov tomonidan o‘z saylov okrugidagi "Dehqonobod" MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning murojaati o‘rganildi.

Deputat tomonidan "Dehqonobod" MFY, T. Keldiyev 5-tor ko‘chasida yashovchi fuqaroning xonadoniga tashrif buyurilib, uning yashash sharoiti joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida uy-joyning bir qismi ta'mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Shu munosabat bilan "Inson" ijtimoiy xizmatlari tomonidan ushbu yo‘nalishda yordam ko‘rsatish tartibi tushuntirildi hamda fuqaroga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Aholining murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish ishlari saylov okruglarida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3