35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 “Saxovat” mahallasida suv minorasi quriladigan hudud o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman suv ta’minoti bo‘limi injineri tomonidan “Saxovat” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan suv minorasi uchun belgilangan hudud borib ko‘rildi.

O‘rganish davomida suv minorasi qurilishi rejalashtirilgan joyning holati, qurilish ishlarini boshlash imkoniyatlari hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur inshoot mahalladagi aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, loyiha ijrosini doimiy nazorat qilib borish hamda aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 3