Suv minorasi quriladigan hudud o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman suv ta’minoti bo‘limi injineri tomonidan “A.Navoiy” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan suv minorasi uchun belgilangan hudud borib ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida suv minorasi qurilishi uchun ajratilgan joyning holati, qurilish ishlarini boshlash imkoniyatlari hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur inshoot mahalladagi aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilashga xizmat qiladi.
Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, loyiha doirasidagi ishlarni doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.