Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova tomonidan Oytug‘di mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️Hokim yordamchilarining har bir xonadon bilan manzilli ishlashi, fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etish, aholi uchun munosib daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
➡️L. Behbudova aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va har bir oilaning o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash mahalladagi mas’ullarning eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.