35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#investitsiya #24ta tavsiya

Olmaliq shahri "Hilol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Poydevor" investitsiya korxonasida navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev ishtirok etib, korxonaning amaldagi faoliyati va istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.
🔍 O‘rganish davomida:
🏗 Korxonada tayyorlanayotgan qurilish ashyolari va ularning texnik ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi.
✨ Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat darajasi va zamonaviy standartlarga mosligi tahlil qilindi.
💼 Korxona faoliyatini kengaytirish orqali aholini, ayniqsa, hududdagi yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash borasidagi bugungi kundagi rejalar va imkoniyatlar muhokama qilindi.

📝 Muloqot davomida investitsiya loyihasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida mas’ullarga tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7