35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

2026-yilga belgilangan investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Andijon shahar hokimining investitsiya, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida 2026-yilga belgilangan investitsiya loyihalari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida loyihalarning bugungi holati, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, loyihalarni samarali amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Investitsiya loyihalarini izchil amalga oshirish hududning iqtisodiy rivojlanishi va aholi bandligini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1