35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

"Islomobod" MFYda patronaj hamshiralari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan "Islomobod" MFY hududida faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralarining ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida patronaj hamshiralarining mahalladagi xonadonlarga tashrif buyurishi, fuqarolar salomatligini muntazam nazorat qilib borishi hamda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalla aholisiga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda surunkali kasalligi mavjud fuqarolarga dori-darmonlar va zarur tibbiy vositalarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi alohida nazoratga olinib, bu boradagi ishlar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, patronaj tizimi samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish masalalari doimiy e'tiborda bo‘lishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4