Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan Andijon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qarori ijrosi, jumladan, jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash bo‘yicha 2026-yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi hamda navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi.