35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

 O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati, aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1