35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Ayollar bandligi va oilaviy masalalar o‘rganildi

Ayollar bandligi va oilaviy masalalar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 4-Oqsoc saylov okrugidan saylangan deputati R. Valieva betobligi sababli, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Oqsoc mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, 16 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, shuningdek, 10 dan ortiq nizoli oilalarni yarashtirishga erishilgan. Shu bilan birga, ayrim oilalarda murosaga kelishning imkoni bo‘lmaganligi sababli 2 ta oilaning nikohi bekor qilingan.

Slide 1 of 3