Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari D. Djumboyeva va N. Alimovalar tomonidan Shahar energetika texnikumining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida texnikumning o‘quv xonalari, amaliyot xonalari, ma’muriy binolari hamda mavjud moddiy-texnik bazasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quv xonalarining jihozlanganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari, elektr hamda isitish tizimlarining texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida isitish tizimida foydalanilayotgan qozonlarning texnik holati talab darajasida emasligi va ularni yangilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur qozonlarni zamonaviy, energiya tejamkor va xavfsizlik talablariga javob beradigan qozonlarga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish tavsiya etildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, texnikumning 2026–2027-o‘quv yiliga puxta va sifatli tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.