35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat Alisher Sharipov yangi maktab hududida tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov "Bog‘bon" mahallasida barpo etilgan yangi 360 o‘rinli umumta’lim maktabi hududida bo‘lib, muassasaning yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda hududda olib borilayotgan tashqi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

❗️Tashrif davomida maktab atrofida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, hududni tartibga keltirish, tashqi infratuzilma va sanitariya holati o‘rganildi. Deputat tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar hududdagi obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1