35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

**Aholi farovonligi va iste’mol bozoridagi barqarorlik — deputat e’tiborida**

Aholi farovonligi va iste’mol bozoridagi barqarorlik — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ruxiya Ismoilova Bahoriston mahallasida bo‘lib, hududdagi savdo shoxobchalarida aholi uchun eng zarur bo‘lgan kundalik iste’mol mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy turdagi oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining mavjudligi, narxlarning barqarorligi hamda aholining zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz mavjud bo‘lishi hamda fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Bunday o‘rganishlar aholining real muammolarini joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolar manfaatlarini amaliy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1