💰 Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, eng avvalo, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
📌 Ustuvor yo‘nalishlar:
📄 Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
🏛 Hukumat qarorlari ijrosini moliyalashtirish;
💳 Kreditor qarzdorliklarni o‘z vaqtida qoplash;
🏫 Maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar hamda boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
🛣 Yo‘l infratuzilmasi, transport, ichimlik suvi va oqova tizimlarini yaxshilash;
🚨 Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zarur tiklash ishlarini amalga oshirish.
⚖️ Muhim!
Qo‘shimcha mablag‘lar, eng avvalo, qonunchilikda belgilangan ushbu ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirilishi shart.
📖 Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-son *"Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida"*gi Qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomning 14-bandi.