35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Deputat nazorati #o'rganish

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mardona Ergashova (24-saylov okrugi) tomonidan hududdagi 7-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati ishtirokida muassasadagi issiqlik tizimining sozligi, isitish qozonlari va quvurlarning holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Asosiy maqsad: Qishning sovuq kunlarida ham o‘quvchilarning issiq va shinam sinfxonalarda, xavfsiz sharoitda sifatli ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlashdan iborat.

Ko‘rik yakunida aniqlangan masalalar deputatning muammolarni qayd qilish jurnaliga rasmiylashtirildi va bartaraf qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4