35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Deputatlik nazorati: tibbiyot obyektidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori asosida Pastdarg‘om tumanida bir qator ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Xolmuratova tomonidan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasining markaziy shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaziy shifoxonaning oqova suv tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida tashkil etilgani hamda loyiha doirasidagi vazifalar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qurilish-ta’mirlash jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5