Saylov okrugidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nurmamatova Sadoqat Tag‘ayevna tomonidan 23-Nayman saylov okrugida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish natijasida quyidagi masalalar nazoratga olindi:
🔹 Qozoq Nayman mahallasidagi 22-son maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘rnida 300 o‘rinli yangi bog‘cha qurish masalasi bo‘yicha vazirlikka kiritiladigan dasturga taklif berildi.
Masala deputatlik nazoratida.
🔹 Fuqarolar tashabbusi bilan olingan transformatorni elektr tarmog‘iga ulash yuzasidan elektr ta'minoti korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi.
Natijada mazkur masala ijobiy hal etildi.
🔹 Mirzatup mahallasi Ziyolilar ko‘chasidagi eskirgan elektr uzatish ustunlarni yangilash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilib, obyektni 2026–2027-yillar manzilli dasturiga kiritish bo‘yicha taklif tayyorlandi.