35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#nazorat

Olmaliq shahar shoh bekatida jamoat transportlarining harakatlanish tartibi va sanitar holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur nazorat tadbiri Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova tomonidan tashkil etildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

Muntazamlik: Avtobus va yo‘nalishli taksilarning belgilangan grafik asosida harakatlanishi;
Sanitariya: Transport vositalari va bekat hududining tozaligi;
Yo‘lovchi tashish madaniyati: Aholi uchun yaratilgan sharoitlar.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2