35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga biriktirilgan yo‘nalishlar doirasida tumanda faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya sohasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar hamda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va sohadagi muammolarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Doimiy komissiya tomonidan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, sohalardagi masalalarni o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2