35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 6-son G‘umbaz saylov okrugi deputati Saodat Jumonova tomonidan fuqarolar murojaati asosida ko‘tarilgan masala amaliy yechimini topmoqda.

Deputat so‘rovi natijasida Ko‘ksoy MFY hududidagi 4K-545-sonli katta avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda.

Muammo – yechim – natija tamoyili asosida deputatlik nazorati davom etmoqda.

Slide 1 of 2