Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologik masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hududlarda qonun ijrosini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
⚖️ Mazkur o‘rganishlar doirasida O‘RQ–937-son Qonun talablarining joylardagi ijrosi, yer uchastkalari hisobini yuritish, kadastr hujjatlarining qonuniyligi hamda ma’lumotlarning shaffof yuritilishi holatini tahlil qilish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
📨 Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidanhududdagi kadastr tashkilotlari hamda tegishli mansabdor shaxslarga rasmiy xatlar yuborilib, O‘RQ–937-son Qonun ijrosi yuzasidan zarur ma’lumotlar, hujjatlar va tahliliy axborotlarni taqdim etish talab qilindi.
🔍 Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar so‘raldi:
* yer uchastkalarining davlat kadastrida hisobga olinishi;
* kadastr hujjatlarining yuritilish tartibi;