35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi

Haftalik rejaga muvofiq, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga O'zLiDePdan saylangan deputat M.Kazakov, Milliy tiklanish DPdan saylangan deputat S.Jumamuratova hamda "Adolat" SDPdan saylangan deputat-Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan Amudaryo tumani “Olmazor” MFY hududida yangidan qurilayotgan amfiteatr loyihasi o‘rganildi.

Nazorat davomida qurilish ishlarining borishi, sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha hudud aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi.

Slide 1 of 3