35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-"Beshkappa" saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Parkent dehqon bozori” MChJ ma’muriyati bilan hamkorlikda tumandagi dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat tadbiri davomida “Parkent dehqon bozori” MChJ direktor o‘rinbosari Tojiboyev Botir O‘ktamovich hamda bosh hisobchi Abduzukurov Dilshod Xoldor o‘g‘li bilan bozor faoliyati yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.Suhbat davomida bozorda bugungi kunda 329 ta savdo rastasi faoliyat yuritayotgani,barcha savdo rastalari uchun kunlik to‘lovlar CLIC ilovasi orqali onlayn tarzda amalga oshirilayotgani, bozor hududiga 18 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani hamda to‘lovlarning amalga oshirilganligi elektron tizim orqali onlayn nazorat qilinishi haqida ma’lumot berildi.Mazkur nazorat tadbirining asosiy maqsadi aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navolar barqarorligini saqlash,savdo madaniyatini yuksaltirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘ldi.O‘rganish jarayonida bozordagi savdo rastalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati,sanitariya-gigiyena holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek,"Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi" faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, go‘sht, guruch,piyoz,sabzi,kartoshka va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari,sifat ko‘rsatkichlari hamda aholiga yetkazib berilish jarayoni o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida bozor ma’muriyati, mas’ul mutasaddilar, tadbirkorlar, sotuvchilar va xaridorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.Fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Deputat tomonidan tadbirkorlarga mahsulot narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik, sifatli mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish,sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, xaridorlarga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish hamda bozor hududida tartib-intizomni saqlash yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.Ta’kidlanganidek,dehqon bozorlarida muntazam o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazoratlari iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash,tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish hamda davlat organlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10