Jańalıqlar

Tibbiy diagnostika markazi faoliyati o‘rganildi.

Tibbiy diagnostika markazi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Otayev, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov “Standart Diagnostika” markaziga tashrif buyurib, muassasaning zamonaviy diagnostika yo‘nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda ultratovush (UZI), rentgen hamda boshqa zamonaviy diagnostika xizmatlarini tashkil etish jarayoni, tibbiy jihozlardan foydalanish holati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

Shuningdek, tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5