Jańalıqlar

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-226, 2009-yil 30-sentabr) mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Pardayev hamda Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori
G'. Ro‘ziqulov hamrohligida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, xonadonlarda yong‘in kelib chiqishining oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga yong‘inlarning oldini olish har bir fuqaroning mas'uliyati ekani ta'kidlanib, qonun talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.