Jańalıqlar

🇺🇿 YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

🇺🇿 YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati X.Ro‘ziyev, tuman Kengashi deputatlari F.Ashurov, M.Abduraxmonova hamda G‘.Po‘latov tomonidan «Bobur» mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬 Tahlillar asosida, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlar muammolarini manzilli hal etish va ularning bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda munosib kelajagini yaratishga qaratilgan bunday o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
✈️Telegram ▶️You tube 📷 Instagram 👤Facebook

Slide 1 of 3