Jańalıqlar

"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirokida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

📋 Muhokama davomida loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta'minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma'naviy-ma'rifiy, sport va madaniy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlarni ushbu loyihaga keng jalb etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Muhokama yakunida "Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasida belgilangan tadbirlarni sifatli tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish hamda ijrosini ta'minlash bo'yicha tegishli vazifalar belgilan olindi.

Slide 1 of 1