Jańalıqlar

#sayyor_qabul
#sayyor_qabul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

15-iyul kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasida Turkiston mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy, kommunal, uy-joy, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaatning ijrosi qat'iy nazoratga olinishi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4