Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Izzat Masharipov tomonidan tumanda yashil iqtisodiyot tamoyillari va energiya samaradorligini joriy etish holati yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari R.Ruzimovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.
🎯 Nazoratdagi asosiy vazifalar:
🏡 32 ta xonadonda namunaviy tarzda quyosh panellari, geliokollektorlar hamda issiqlik nasoslarini oʻrnatish;
🏢 10 ta davlat obyektida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish.
🔍 Deputat soʻrovida koʻtarilgan 5 ta muhim masala:
📈 Bugungi holat: 2026-yil uchun belgilangan koʻrsatkichlarning amaldagi ijro hajmi va foizi qanday?
📍 Xonadonlar kesimida: Quyosh panellari va issiqlik nasoslari oʻrnatilgan 32 ta xonadonning mahallalar kesimidagi roʻyxati va ulardan foydalanish holati.
🏢 Davlat obyektlari: Energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilgan 10 ta davlat obyektining roʻyxati, bajarilgan ishlar va ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati.
❌ Muammolar va yechimlar: Rejani bajarishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar.
📅 Yillik reja: Yil yakuniga qadar belgilangan koʻrsatkichlarni toʻliq bajarish boʻyicha ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar rejasi.
⏱️ Muddat va javobgarlik:
Javob berish muddati: Qonunchilikka muvofiq, deputat soʻroviga 10 kundan kechiktirmay asoslantirilgan yozma javob (bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar va fotolavhalar bilan) taqdim etilishi shart.
⚠️ Eslatma: Deputat soʻrovini asossiz koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki javob muddatini buzish MJtKning 193-moddasiga asosan mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.