Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Arna bo'yi mahallasidagi QVP holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U.Abduraxmanov tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda joyiga chiqib o‘rganishlar davomida “Arna bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini Pokizalik ko‘chasida joylashgan QVP (qishloq vrachlik punkti) binosi bugungi kunda tashlandiq holatga kelib qolganligi aniqlandi.

Mazkur bino uzoq vaqt davomida foydalanilmayotgani sababli texnik holati yomonlashib, atrof hududning obodonchiligi va sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur bino va unga tutash hududdan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida uni amaldagi qonunchilik asosida tadbirkorlik subyektlariga foydalanishga berish masalasida tegishli tashkilotga deputat so'rovi yuborildi.

Slide 1 of 3