Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat I. Egamberdiyev qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat I. Egamberdiyev Achamayli mahallasidagi 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Ayni paytda bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur bog‘cha 210 nafar bolani maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar — kelajakka qaratilgan muhim sarmoyadir. 

Slide 1 of 2