Jańalıqlar

Deputat Fayzullayeva Malika Yarkunovna axborot berdi

Deputat axborot berdi

️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna o’z saylovchilari oldida 3-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. M.Fayzullayeva 2025-yilning uchinchi choragi davomida bajarilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari, ularning yechimi hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.                        

Uchrashuv davomida deputat to’y-xashamlarni ixcham qilib o‘tkazish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlarini olib bordi. 

Tadbir davomida fuqarolar ko’p qavatli uylarning liftlari yaroqsiz holatdaligi, quyosh panellari o’rnatishda amaliy yordam, mahalla hududida joylashgan 90-maktab orqasidagi yo’lni kengaytirish, bog’ni obodonlashtirish hamda piyodalar yo’laklarini ta’mirlash kabi bir qator muammolar bilan murojaat qilishdi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.