# Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Akbarov
Narimon Xasanovichning deputatlik faoliyati
✔ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining “18-Fayzli” saylov okrugidan saylangan deputat Akbarov Narimon Xasanovich mahallasida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi va joriy yil uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan oʻz saylovchilariga axborot berdi.
✔ Uchrashuv yakunida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal qilish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar;
✔️Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam taʻminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash borasidagi ishlarni oʻrgandi.
✔️Shuningdek, mahalla hududida xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, qishga tayyorgarlik holati, koʻp qavatli uylar ichki yoʻlaklari (podʻezdlari), yertoʻlalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi boʻyicha qilingan ishlar bilan tanishdi.