35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Jumabozor MFYda ijtimoiy xodim bilan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Jumabozor MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlarni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Muloqot yakunida ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1