Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Х. Хolmatov hamda Kengash bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Andijon shahridagi 31-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Maktab binosida ta’mirlash, obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotgani o‘rganildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda yangi o‘quv yiliga munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.