15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F. Bozorova tomonidan Yoshlar bog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida bog‘ning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holati, mavjud infratuzilma, sanitariya-tozaligi hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🗣 Shuningdek, hududda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dam olish maskanlarini yanada rivojlantirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar Yoshlar bog‘ini yanada obod, ko‘rkam va yoshlar uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi.