35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev tomonidan Otayurt mahallasida qurilish materiallarining narx-navolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan keng iste’mol qilinadigan asosiy qurilish materiallari, jumladan, sement, g‘isht, shifer, armatura va boshqa mahsulotlarning amaldagi narxlari tahlil qilindi.
Shuningdek, qurilish materiallariga bo‘lgan talab, ularning mavjudligi hamda narxlarning barqarorligiga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — hududda qurilish materiallari bozoridagi narx-navolar holatini o‘rganish, aholining qurilish mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash hamda narxlarning asossiz ravishda oshib ketishining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilashdan iborat.
O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, aholi manfaatlarini himoya qilish, qurilish materiallari narxlarining barqarorligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2