35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Saxovat" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi va mahalla yettiligi bilan suhbat o‘tkazilib, aholi murojaatlari va mavjud masalalarni tizimli o‘rganish, aniqlangan muammolarni mahallaning o‘zida yettilik imkoniyatlaridan kelib chiqib hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Hududlarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va murojaatlarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1