35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda futbol bo‘yicha “Paxtakor MFY” hamda mini-futbol bo‘yicha “Dilorom MFY” jamoalarining futbolchilari va murabbiylari ishtirok etdi.

Suhbat davomida jamoalarning viloyat bosqichidagi muvaffaqiyati e’tirof etilib, sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbolni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jamoalarga DXX kubogining Respublika bosqichida munosib ishtirok etish, yuqori natijalarni qayd etish va Paxtakor tumani sharafini munosib himoya qilish borasida ishonch bildirildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi nomidan futbolchilar va murabbiylarga Respublika bosqichida omad, kuch-g‘ayrat va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Slide 1 of 3