FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xonchorbog‘ mahallasining At-Termiziy hamda Vatanparvar ko‘chalari fuqarolari tomonidan soliqlarni hisoblash jarayonida ayrim noaniqliklar mavjudligi, xususan, ayrim soliq summalari noto‘g‘ri hisoblangani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🏛 Mazkur murojaat Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqarolarning e’tiroz va takliflari tinglanib, masalaga huquqiy va amaliy jihatdan baho berildi.
📨 Aniqlangan holatlar yuzasidan soliq hisob-kitoblarining qonuniyligi va to‘g‘riligini o‘rganish, mavjud kamchiliklar bartaraf etilishi hamda fuqarolarga asoslantirilgan javob taqdim etilishini ta’minlash maqsadida tegishli soliq organiga deputatlik so‘rovi yuborildi.